18:17 / 27.03.2018
24304
To‘rtko‘lda qotillik: erkak xotinini bolta bilan urib o‘ldirdi
Illyustrativ foto/Cherem24.ru

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida qotillik sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 26 mart kuni soat 10.00larda, “Ullibog‘” OFYda yashovchi, 1951 yilda tug‘ilgan R.N. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i, 1952 yilda tug‘ilgan A.N.ning boshiga bolta bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada A.N. voqea joyida vafot etgan. R.N. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid
Top