2022 yilning 12 avgust kuni Pop tumani Istiqbol mahallasida sodir etilgan jinoyatni oçiş tezkor xodimlar uçun qiyin bölmagan. Negaki, hamma dalillar bor, guvohlar yetarliça edi: erkak yarim tunda öz uyida piçoqlab öldirilgan hamda uning oğzidagi 4 dona tilla tiş sindirib olingan. Ammo jinoyat izini yöqotiş va murdani yaşiriş maqsadida qilingan harakatlar detektiv kinolardagi voqeliklardan qolişmasdi.  

Tundagi qotillik

Maşhura va Şerzod (maqoladagi barça ismlar özgartirilgan) atrofdagilar nazdida göyoki baxtli va namunali oila edi. Ammo er-xotin örtasidagi munosabatlarga putur yetgan, örtadan işonç kötarilgandi. Şu sababli, garçi farzandlari bölsa ham, ular tez-tez janjallaşib turişar, nimalarnidir ustida tortişişardi.

Keyinçalik Maşhura sudda bergan körsatmasida bu tortişuvlar sababini turmuş örtoği uni arab tilini örganişga, “hijobga” kirişga hamda Qirğizistonga birga ketişga majburlagani bilan boğlagan.

2022 yilning 12 avgust kuni ham er va xotin örtasida şunday tortişuv bölib ötadi. Soat 22:00 larda Şerzod uxlab qoladi. Bundan foydalangan Maşhura oşxona piçoği bilan turmuş örtoğining çap bel, qöltiq hamda çap kökrak sohasiga uradi. Xotinidan bunday harakatni kutmagan erkak zarbadan uyğonib ketadi, ammo unga qarşilik qilmaydi, aksinça devorga suyanib, örnidan turişga intiladi va şunçaki kulib qöya qoladi. Söngra yiqiladi.

“Farzandlarim uxlab qolganidan söng qaytib turmuş örtoğim yotgan xonaga kirdim. U xirillab nafas olardi. Joni çiqişga qiynalyapti deb öyladim va yerda yotgan piçoqni olib, kökrak qafasiga urdim. Şunda ham u közlari oçiq holda, menga qarab kulardi. Kulganiga jahlim çiqib, yana piçoq bilan urdim, keyin böynidan kesib yubordim”, degan  ayol öz körsatmasida. 

Bu orada Maşhura uning 4 dona tilla qoplamali tişini ğişt bölagi bilan urib, sindirib oladi. Ayol mazkur tilla tişlarni keyinçalik bozorga olib borib, 1,4 mln sömga sotib yuborgan.  

Yeçimi yöq jumboq

Maşhura lahzalar içida nima iş qilib qöyganini bilmasdi. Ammo u qança afsuslanmasin, ğişt qolipdan köçgan – qölini qonga botirib bölgandi. Ayol avvaliga IIBga borib voqeani aytib bermoqçi böladi, ammo özini qamab yuborişlaridan qörqib, bu fikridan qaytadi hamda murdani yöq qiliş va jinoyat izini yaşiriş haqida öylay boşlaydi. Albatta, erkak jasadini heç kim topolmaydigan tarzda yöq qiliş ayol uçun oson iş emasdi. Buning ustiga, qöşni xonada farzandlari uxlab yotardi.