08:51 / 02.04.2018
11563

Xitoy orbital stansiyasi Tinch okeani uzra yonib ketdi

Foto: AP / Fraunhofer Institute FHR

Xitoyning «Tyangun-1» orbital stansiyasi Tinch okeani uzra atmosferaga kirdi. Bu haqda Reuters «Sinxua» agentligiga asosan xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, stansiya atmosferaga okeanning janubiy qismi uzra Pekin vaqti bilan soat 08:15 (Toshkent vaqti bilan 5:15)da kirgan va asosan atmosferada yonib ketgan.

Yevropa koinot agentligining 28 martdagi prognoziga ko‘ra, stansiya bo‘laklari qulashi mumkin bo‘lgan hududlarga Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Turkiya, Markaziy Osiyo davlatlari hududi (Qozog‘istondan tashqari), Xitoy, Yaponiya, Afrika, Osiyo davlatlari, Okeaniya, Avstraliya, AQSh, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari hamda Dog‘istonning janubiy qismi kirgan.

Stantsiya orbitaga 2011 yil 29 sentabrda uchirilgan. Shundan keyin Xitoy Sobiq ittifoq va AQShdan keyin o‘z orbital stansiyasiga ega bo‘lgan 3-davlatga aylangandi.

Stantsiya koinotda 6,5 yil bo‘lgan. Uning og‘irligi 8,5 tonnani, uzunligi 10,4 metrni tashkil qiladi. Stantsiyaga 2011, 2012 va 2013 yillarda 3 ta ekspeditsiya tashrif buyurgan. 2016 yilda stansiya bilan aloqa yo‘qotilgan.

Mavzuga oid
Top