14:31 / 16.04.2018
20882

Sami Naseri yangi «Taksi»ni keskin tanqid qildi

Foto: Taksi 4 filmidan kadr

Fransiyalik aktyor Sami Naseri «Taksi 5» filmini tanqid ostiga oldi, deb yozmoqda Regnum artistning YouTube’da e'lon qilingan yangi intervyusiga asosan.

Ushbu aktyorni qachonlardir mashhurlik cho‘qqisiga ko‘targan kartinaning davomi 2018 yilning 12 aprel kuni jahon prokatiga chiqdi. Filmdagi aktyorlar tarkibiga ilk bora kiritilmagan Naseri natijadan g‘azablandi: u kartinani sketch deb atab, unda na syujyet, na voqea borligi, faqat oddiy, zerikarli hazillardan iborat ekanini bildirgan.

Aktyorning fikricha, «Taksi 5» hamda avvalgi qismlarga prodyuserlik qilgan Lyuk Besson franshizani noprofessionallarga sotib yubordi, «ular yakunda butunlay dabdala narsani qilishdi», - degan aktyor.

Sami Naseri filmning avvalgi to‘rt qismida Daniel Morales rolini ijro etgan. Yangi kartinada rejissyorlik o‘rindig‘ini Frank Gastambid egalladi, u bosh erkak rolini ham o‘ynadi. 

Top