Toşkent şahrida taksi haydovçisi uxlab qolgan yölovçining nomiga kredit olib, öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgani aniqlandi.
Toşkent şahri IIBB xabariga köra, taksiga çiqqan yölovçi ayol mast holatda bölgan. U telefonini haydovçiga manzil geolokatsiyasini körsatiş uçun bergan va uxlab qolgan. Haydovçi va uning şerigi telefondagi ilova orqali mijoz nomiga 12 million söm miqdorida mikroqarz rasmiylaştirgan. Pulni öz kartasiga ötkazib, bankomatdan yeçib olgan.
Toşkent şahri IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda ikkala şaxs uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ta’kidlanişiça, jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.












