20:22 / 18.04.2018
31863

Hayvonot bog‘idagi jirafa bema'ni tasodif sababli nobud bo‘ldi (video)   

Xitoyning Kunmin shahridagi hayvonot bog‘ida saqlangan 10 yoshli jirafa bema'ni tasodif sababli nobud bo‘ldi. Jirafa voler bo‘ylab yurganda boshi bilan u yerdagi daraxt shoxlari orasiga tiqilib qolgan. 

Jirafani ozod qilish uchun hayvonot bog‘i xodimlari shoxlardan birini kesib tashlashga qaror qilishgan. 

Jirafa ozod qilingach, veterinarlar ko‘rsatgan yordamga qaramay, ertasiga bo‘yni shikastlanishi va miyasida qon aylanishi buzilishi oqibatida nobud bo‘lgan.

Top