16:44 / 20.04.2018
3974

Xalqaro standartlarni eksport mahsulotga qo‘shimcha kelishuvlarsiz qo‘llash imkoniyati yaratildi

“O‘zstandart” agentligida standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda eksport qiluvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar eksport uchun ishlab chiqariladigan mahsulotga xalqaro standartlar va xorijiy davlatlarning standartlarini qo‘shimcha kelishuvlarsiz qo‘llashlari mumkin. 

Qayd etilishicha, bunda “O‘zstandart” agentligida mazkur standartlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 1 ish kuni mobaynida bepul amalga oshiriladi.

 

Mavzuga oid
Top