09:39 / 27.04.2018
5185

Jina Xaspel MRB direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Foto: Youtube /The OSS Society

Jina Xaspel MRB direktori vazifasini bajaruvchiga aylandi. Bu Mayk Pompeo AQSh davlat kotibi lavozimiga kirishganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar qilinmoqda MRBning tvitterdagi sahifasida.

«Direktor o‘rinbosari Jina Xaspel endilikda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori vazifasini bajaradi», - deyiladi tvitterda joylashtirilgan xabarda.

Bayonotda Xaspelning so‘zlari ham keltirilgan. Uning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasiga qo‘shilish imkoniyatini «intiqlik bilan kutyapti». U milliy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanishni xohlayotgani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq rahbari Jon Brennan Trampning Putinga «iliq munosabati» sababini aytgandi.

 

Top