SSSR va AQŞ örtasidagi josuslik öyinlari – MRBdagi muhim şaxs nega KGB josusiga aylangandi?
|16:53 / 03.02.202431 00315 min
1980-yillarda AQŞning MRB taşkiloti KGBdagi bir qança zobitlarni öz tomoniga oğdirişga muvaffaq böladi. Ular orasida hatto general ham bor edi. 1985 yilda yuqori lavozimli MRB xodimi sovetlar tomoniga ötadi va amerikaliklarga xizmat qilayotgan KGB zobitlarini oşkor qiladi. Şundan söng KGB içida “uşla-uşla” boşlanib ketadi. Qölga tuşganlarning aksariyati vatanga xiyonatda ayblanib ölim jazosiga hukm qilinadi.
Foto: milli.azFoto: milli.az
1950-yillarda boşlangan «Sovuq uruş» davrida SSSR va Ğarb örtasidagi aloqalar ança sovuqlaşadi. Şu davrdan boşlab har ikki tomon josuslik öyinlariga zör beradi.
Bunda sovetlardan köra Ğarb davlatlari köproq muvaffaqiyatga erişadi. Natijada köplab KGB hamda sovet taşqi razvedka xizmati xodimlari AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi va Britaniyaning MI-5 hamda MI-6 taşkilotlariga «sotilib» ketişadi.
Biroq KGB ham qöl qovuştirib turmagan. Bu taşkilot ham köplab ğarbliklarni öz tomoniga oğdirişga muvaffaq bölgan. Ulardan biri MRBda yuqori lavozimda işlagan Eyms Oldriç edi.
Bu şaxs KGB bilan hamkorlikni 1980-yillar boşida boşlagandi. Keyinçalik qölga tuşib juda uzoq muddatga qamaladi. Hozir ham AQŞda qamoqxonada saqlanyapti.
Oldriç Eyms
Oldriç Eyms 1941 yilda Viskonsin ştatidagi River-Folls şahrida tuğilgan. Uning ota-onasi öqituvçi bölgan. 1952 yilda Oldriçning otasi Markaziy razvedka boşqarmasining Virjiniya ştati bölimiga işga kiradi.
1953 yilda uni oilasi bilan uç yilga Janubiy-Şarqiy Osiyoga jönatib yuborişadi. Biroq köp ötmay u mast qiluvçi içimliklarga ruju qöygani uçun ortga qaytariladi va MRB ma’muriyatida işlay boşlaydi.
Oldriç maktabni bitirgaç otasining yoniga, MRB ma’muriyatiga işga boradi, u yerdagi arxivda uç yil oddiy xizmatçi bölib işlaydi. 1959 yilda u Çikago universitetiga öqişga kiradi va 2-kursda öqişdan haydaladi.
Şundan söng u yana MRBga qaytib boradi va yengilroq işlarni bajarib yuradi. Bu orada Jorj Vaşington universitetiga öqişga kirib, uni bitkazadi. Şu bilan birga Oldriç MRBdagi işini davom ettiradi.
Eyms Oldriç yoşligida
1969 yilda 28 yoşli Oldriç MRB xodimi Nensi Segebartga uylanadi. Şundan söng uni Turkiyaga josus sifatida işga yuborişadi. Bu yerda u sovet fuqarolarini josuslikka yollaş bilan şuğullanadi.
1972 yilda Oldriç AQŞga qaytgaç uni MRBning SSSR va Şarqiy Yevropa bölimiga ötkazişadi. Keyinçalik u MRBda turli vazifalarda işlaydi va taşkilotning SSSR va Şarqiy Yevropa böyiça bölimi boşliği vazifasiga tayinlanadi.
AQŞ va SSSR qarama-qarşiliklari inobatga olinsa, öşanda Oldriç MRBning eng muhim bölimiga boşliq bölgandi. 1980-yillar örtalarida KGB Oldriçni öz tomoniga oğdirişga muvaffaq böladi.
Mavzuga oid
Bu 1974 yildan 1988 yilgaça KGBning Birinçi boş boşqarmasi boşliği vazifasida işlagan Vladimir Kryuçkovning muvaffaqiyati deb talqin qilinadi.
KGB bilan hamkorlik
Oldriç Eymsning KGB bilan hamkorlikni qanday boşlagani haqida turli gaplar yuradi. Ularning biriga köra 1985 yil aprel oyida Oldriç SSSRning Vaşingtondagi elçixonasiga borgan va qöriqçiga xat bergan.
Xatda “Men Oldriç Xeyzen Eyms MRBning SSSR va Şarqiy Yevropa bölimi boşliği vazifasida işlayman. Menga 50 ming dollar pul kerak. Bu pul evaziga MRBga xizmat qilayotgan KGBning yuqori lavozimli uç xodimi haqida ma’lumot bermoqçiman», deydi. Elçixonada u bilan Viktor Çerkaşin uçraşadi.
Oldriç xotini va farzandi bilan
Ertasi kuni Oldriç öz boşliği Devid Merfiga sovet elçixonasi xodimlaridan birini MRB tomonga ağdariş uçun elçixonaga borganini, biroq xodim bilan uçraşa olmay qaytganini ma’lum qiladi.
Öşanda KGB Oldriçni tekşirib körişni va işonçli deb topilsa u bilan aloqa qilib turişni elçixona xodimi niqobi ostida işlayotgan Viktor Çerkaşinga topşiradi.
Oldriçning taklifi muhokama qilinadi va u bilan bafurja uçraşuv ötkazişga kelişiladi. Ikkinçi uçraşuv 1985 yil 17 may kuni bölib ötadi va unda Viktor Çerkaşin, Sergey Çuvaxin va Oldriç Eyms qatnaşadi.
Şu uçraşuvda Oldriç sovet josuslariga MRB bilan hamkorlik qilib kelayotgan KGB xodimlari Martinov, Motorin va Polyakov haqida ma’lumot beradi.
Boşqa bir talqinga köra, 1985 yilda Vaşingtondagi SSSR elçixonasida xodim niqobi ostida işlovçi KGB josusi Viktor Çerkaşinning xonasidagi telefon jiringlaydi. Göşakni kötarganida elçixona xodimlaridan biri Sergey Çuvaxin unga qisqa axborot beradi: “Pastda, kiriş eşigining oldida bir odam turibdi. U MRBda işlaşini aytyapti. Uçraşuv sörayapti”.
Viktor MRB xodimining elçixonaga kelganini KGB xodimlarini navbatdagi yolğon ma’lumotlar bilan “oziqlantiriş” uçun navbatdagi uriniş deb öylaydi.
Biroq elçixona binosiga kirgan şaxs özini taniştirganda sovet josusi hayratda qoladi. Hamkorlik qilişini taklif etayotgan mehmon MRBning oddiy xodimi emas, balki SSSR va Şarqiy Yevropa bölimi rahbari Oldriç Eyms edi.
Oldriç Eymsning hibsga olinişi
Viktor Oldriçning tarjimai holi bilan tanişganda jiddiy va şubhali heç narsa topa olmaydi. Otasi MRBda işlagan. U ham otasining izidan ketgan. Sadoqati uçun mansabi kötarilgan, biroq maoşidan rozi emas.
SSSR taşqi razvedka xodimlarini xavotirga solgan yagona narsa bu Oldriçning mast qiluvçi içimliklarga moyilligi edi. Oldriç buni Viktor bilan uçraşuvda sezdirib qöyadi va u quyib bergan içimliklarni töxtovsiz ravişda içib ötiradi.
Boşqa bir talqinga köra, Oldriçning KGB josuslari bilan hamkorlik qilişiga uning yoş öynaşi, Kolumbiyaning AQŞdagi konsulligi xodimi bölgan ayol sabab bölgan degan gaplar ham bor.
Oldriç ism-şarifi Mariya del Rosario Kasas Dupi bölgan bu ayol bilan Meksikada tanişgandi. Mariya keyinçalik Kolumbiyaning AQŞdagi konsulligiga işga ötgandi. Öşa paytda Oldriçning xotini bor edi va ayol unga öynaş maqomida bölgan.
Mariya haşamatli hayotni xohlar, şu uçun Oldriçga kam maoşga işlayotganini, bundan köproq pul topa olişi mumkinligini doim takrorlab turgan. Ayol Oldriçga agar köproq pul topmasa taşlab ketiş bilan tahdid ham qilgan.
Öşa paytlarda Oldriç xotini bilan ajraşadi. Şunda uning barça pullari va mulklari xotiniga ötib ketadi va u heç vaqosiz qoladi. Bir tomondan Mariyaning talab va xarxaşalari, ikkinçi tomondan heç narsasiz qoliş Oldriçni sovet elçixonasiga 50 ming dollar sörab borişga majbur qilgandi.
Umumiy hisobda Oldriç KGB bilan 9 yil (SSSR parçalangunça 6 yil, Rossiya mustaqil bölgaç 3 yil) hamkorlik qiladi. U şu davr mobaynida MRB foydasiga işlab kelayotgan 12 nafar (boşqa manbalarda 25, hatto 40 nafargaça ham deyilgan) KGB va FSB xodimlarini uşlab beradi.
Bulardan eng taniqlilari:
Dmitriy Polyakov – SSSR taşqi razvedka xizmati general-mayori Polyakov MRB bilan hamkorlikni 1960-yillarda boşlagan. Polyakov bergan ma’lumotlar asosida MRB KGBning AQŞ, Yevropa va Osiyodagi köplab josuslarini foş qilib, qölga tuşirgan. Oldriç bergan ma’lumot ortidan 1986 yilda hibsga olingan. 1988 yilda ölim jazosi berilgan.
Gegeral Polyakovning hibsga olinişi
Gennadiy Smetanin – SSSR taşqi razvedka xizmati polkovnigi. MRB Smetanin bilan hamkorlikni 1983 yilda boşlagan. KGB va Taşqi razvedka xizmatining maxfiy ma’lumotlar bazalariga bemalol kira olgan bu şaxs MRBga juda köp maxfiy ma’lumotlarni bergan edi. Aynan Smetaninning ma’lumotlari asosida dunyoning turli burçaklarida KGB josuslari foş etilgan. 1985 yilda uşlangan. 1986 yilda ölim jazosiga hukm qilingan.
Aleksey Kulak – KGB polkovnigi. Oldriçning ma’lumotiga köra, Kulak 1984 yil vafotigaça MRB bilan hamkorlik qilgan.
Vladimir Piguzov – KGB polkovnigi. 1985 yilda hibsga olingan. 1986 yilda ölim jazosiga hukm qilingan.
Valeriy Martinov – KGB podpolkovnigi. Martinov MRB bilan hamkorlikni 1980 yilda boşlagan. U SSSR taşqi razvedka xizmatining Vaşingtondagi bölimida xizmat qilgan. Martinov MRBga asosan SSSRning aerokosmik va energetik sohalaridagi maxfiy ma’lumotlarni bergan. 1986 yilda hibsga olingan. 1986 yilda ölim jazosiga hukm qilingan.
Sergey Motorin – KGB podpolkovnigi. Motorin SSSRning AQŞdagi elçixonasi xodimi niqobi ostida Vaşingtonda işlagan. Pul evaziga MRBga turli maxfiy ma’lumotlarni oşkor qilib kelgan. 1986 yilda hibsga olingan. 1987 yilda ölim jazosi berilgan.
Leonid Poleşçuk – KGB podpolkovnigi. Poleşçuk KGB taşqi razvedka xizmatidagi “K” bölimini boşqargan. U MRB bilan hamkorlikni 1970 yildan boşlagan. KGB Poleşçuk bergan ma’lumotlar asosida Markaziy va Janubiy Afrikada, Janubiy-Şarqiy Osiyo davlatlarida köplab KGB va SSSR Taşqi razvedka xizmati xodimlarini, sovet josuslarini foş etadi. U 1985 yilda hibsga olingan. 1986 yilda ölim jazosiga hukm qilingan.
Boris Yujin – KGB podpolkovnigi. 1985 yilda hibsga olingan. 1986 yilda 15 yilga qamalgan. 1992 yilda Rossiya prezidenti Yelsin tomonidan afv etilgan. Ozod bölganidan söng oilasi bilan AQŞga köçib ketgan.
Gennadiy Varenik – KGB podpolkovnigi. 1985 yilda Ğarbiy Berlinda xizmatda yurgan çoğida hibsga olingan. Moskvaga olib kelinib sud qilingan va ölim jazosi berilgan. 1987 yilda otib taşlangan.
Sergey Voronsov – KGB mayori. 1985 yilda hibsga olingan. 1986 yilda ölim jazosi berilgan.
Sergey Voronsov Hujjatli filmdan skrinşot
Foreign Policy jurnalida yozilişiça, Oldriç BMTda yadro qurollari böyiça sovet delegatsiyasi safida işlagan Sergey Federenkoni ham MRB bilan hamkorlik qilişda ayblagan.
Biroq bu ayblov öşa vaqtda öz isbotini topmagan. Keyinçalik Federenko doimiy yaşaş uçun AQŞga köçib ketadi va Oldriçning ayblovida qisman jon borligi ma’lum böladi.
SSSR tarqab ketgandan söng Moskvadagi hamkorlari Oldriçga Rossiyaga köçib kelişni taklif etişadi. Biroq u könmaydi va KGB bilan hamkorlikni davom ettiradi. (FSB 1995 yilda taşkil etilgan.)
Oldriçning qölga tuşişi
Oldriçning KGB bilan hamkorlik qilişi natijasida MRB 1985 yildan boşlab SSSRdagi köplab josuslaridan va hamkorlaridan ajralib qoladi.
1986 yilda SSSRdagi hamkorlar haqidagi ma’lumotlarni KGBga sotgan xodimni aniqlaş uçun taşkilotda maxsus guruh taşkil etiladi. Biroq ular bir neça yil “sotqin” kimligini aniqlay olişmaydi.
Oldriçning qölga tuşişiga tom ma’noda uning haşamatli hayot keçirişi sabab bölgan. U sovet davrida va undan keyin ham öz “xizmatlari” evaziga salmoqli summa olgan. 1990-yillar boşida uning 5 mln dollardan oşiq puli bölgan.
Oldriç juda haşamatli hayot keçirgan. Narxi 2-3 ming dollar turadigan qimmatbaho kostyum-şimlar kiyar, oltin va platinadan yasalgan “Guççi” soatlarini taqardi.
Oldriç oilasi bilan yaşagan uy
Guruh a’zolaridan biri Dayana Uorten Oldriçning kolumbiyalik xotini Mariya Rozario Eyms bilan dugona bölgan. U bilan tez-tez uçraşib turgan. Oldriçdan farqli ravişda xotini oddiyroq yurgan.
Kunlarning birida Mariya Dayanani uyiga parda ilişga yordamga çaqiradi. Ana şunda Dayana Oldriçning uyidagi qimmatbaho buyumlarni körib hayron qoladi.
Oldriç oddiy maşina minmas, “Yaguar”da yurardi. Oxir-oqibat uning haşamatli hayotga bölgan iştiyoqi va Dayana Oldriçning uyida körgan holat 1989 yilda MRB xodimlarining e’tiborini tortadi.
Ular “köp qatori maoş oladigan” Oldriç qimmat maşinaga, kiyim-keçaklarga va buyumlarga pullarni qayerdan olayotganiga qiziqa boşlaşadi. Şu tariqa Oldriç şubha ostiga tuşadi. Uning har bir qadami kuzatuvga olinadi.
Köp ötmay MRB xodimlarining yoniga taşqi razvedka xizmati va Federal qidiruv byurosi xodimlari ham qöşiladi. Ular Oldriçni birgalaşib kuzatişadi.
Keyinroq şubha ortib boravergaç Oldriçning barça telefon qönğiroqlari va sözlaşuvlari yaşirinça eşitiladi. Özi bölmagan paytda uyi tintuv qilinadi. Maşinasiga maxsus uskuna örnatiladi.
Uning uyidan katta miqdordagi pul, qimmat sigaralar, şişasi 5 ming dollar turadigan spirtli içimliklar va AQŞning şarqiy sohillaridagi turli fohişaxonalarning telefon raqamlari topiladi.
Oxir-oqibat Oldriçning sovet josuslari bilan hamkorlik qilib kelayotgani va KGB uçun xizmat qilayotgani tasdiqlanadi. 1994 yilda Oldriç va Mariyani Vaşington şahar çetida joylaşgan uyida hibsga olişadi. Qöllariga kişan taqilayotganda u “Sizlar juda katta xatoga yöl qöyyapsizlar. Sizlar boşqa odamni uşladinglar”, deb baqiradi.
Oldriçning qölga olinişi Foto: bbc.com
Oldriç uşlangandan söng AQŞ va Rossiya örtasida kiçik mojaro yuz beradi. MRBning yuqori lavozimli xodimi Moskvaga borib Oldriç bilan hamkorlik haqidagi barça ma’lumotlarni söraşadi. KGB rad etadi. Şundan söng bir muddat Rossiyaga körsatilayotgan moddiy yordam töxtatib qöyiladi.
Köp ötmay MRB rahbari Jyeyms Vulsi iste’foga çiqadi. Oldriç bilan sodir bölgan hodisa prezident Klintongaça yetib boradi. U 1994 yilda Rossiyaning Vaşingtondagi elçixonasi xodimi niqobi ostida josuslik qilib kelayotgan Aleksandr Lisenkoni AQŞdan çiqarib yuboriş haqidagi qarorni imzolaydi.
Moskva ham qarab turmaydi. Bunga javoban rossiyaliklar AQŞning Moskvadagi elçixonasi xodimi niqobi ostida josuslik qilib kelgan Jyeyms Morrisni Rossiyadan çiqarib yuborişadi.
Oldriç va uning xotini qölga olingandan söng ularga bir neçta moddalar böyiça jinoyat işlari qözğatiladi. Ularning ikkalasi ham öz ayblarini tan olişadi va KGB bilan hamkorlik haqidagi barça ma’lumotlarni MRBga topşirişadi.
Ana şunda aynan Oldriç KGBga bergan ma’lumotlar tufayli MRBning dunyo böylab 100 dan oşiq maxsus operatsiyalari barbod bölgani oydinlaşadi.
1994 yilda Mariya Eymsga 5 yil qamoq jazosi berişadi. Oldriç esa umrbod qamoq jazosini oladi. Oilaning mol-mulki musodara qilinadi.
Köp ötmay Mariya Eyms jazoni ötab ozodlikka çiqadi. Oldriç avvaliga Pensilvaniya ştatidagi qattiq rejimli Allenvud qamoqxonasida saqlangan. Hozir u Indiana ştatidagi qattiq rejimli Terre-Xot qamoqxonasida jazo ötayapti.
Oldriç qamoqxonada intervyu berayapti
Oldriç qamalgandan söng Rossiya tomoni bir neça bor amerikaliklarga uni almaştiriş böyiça taklif bilan çiqadi. Biroq Amerika tomoni buni rad etib kelyapti.
Oldriç qamoqda ötirgan paytida bir neça bor OAVga intervyu beradi. Öşanda u pullarni yaxşi körişini, biroq barça narsa kapital ustiga qurilgan Amerika siyosatidan nafratlanişini, ana şu narsa tufayli KGB bilan hamkorlik qilganini aytgan.