21:26 / 03.05.2018
22300
«Qishloq qurilish invest» tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi bekor qilindi
Foto: UZ24.uz

«Qishloq qurilish invest»​ injiniring kompaniyasi MChJ pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»​gi qaror o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi «​Huquqiy axborot» ​ kanalida ma'lum qilingan. 

Qonun hujjatlariga muvofiq «Qishloq qurilish invest»​ IK MChJ bilan shartnoma tuzgan yordamchi pudratchi tashkilotlar, qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar 2017 yilning 1 yanvarigacha ayrim turdagi soliqlardan ozod etilgan edi. 

Imtiyozlar berilishi muddati tugaganligi sababli, «Qishloq qurilish invest»​ IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi bekor bo‘ldi.

Top