«Bu borada ham raqobat va sifat bölişi uçun buyurtmaçi funksiyasi «Qişloq quriliş invest» injiniring kompaniyasidan bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga ötkazilişi belgilandi», — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
2020 yilda 12 mingta uy-joydan 8 mingtasi amaldagi tartib böyiça, 4 mingtasi xususiy sektor tomonidan qurilişi közda tutilgan. Şu munosabat bilan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga uy-joylarni xususiy sektor tomonidan qurişning yangi tartibini işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.
Yiğilişda, şuningdek, şaharsozlik normalarini takomillaştiriş, qişloqlarda qurilayotgan uylarni muhandislik infratuzilmasiga ulaş, ekin yerlariga özboşimçalik bilan uy-joy qurilişini oldini oliş va muhofazasini kuçaytiriş masalalari ham muhokama qilinib, zarur çora-tadbirlar körsatib ötilgan.

















