«Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda «Qişloq quriliş invest» MÇJ IK Sirdaryo viloyati filiali va «S.S.» MÇJ mansabdor şaxslari özaro til biriktirib, Oqoltin tumani «Körkam diyor» massivida 1ta köp qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 mln sömlik quriliş-ta'mirlaş işlarini qöşib yoziş orqali budjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Şu kabi, «Y.N» MÇJ tomonidan massivdagi 1ta köp qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 586 mln sömlik quriliş-ta'mirlaş işlarini qöşib yoziş orqali budjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Şuningdek, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, «Qişloq quriliş invest» MÇJ IK Sirdaryo viloyati filiali va «S.M.» MÇJ mansabdor şaxslari özaro til biriktirib, Xovos tumani «Xovos markazi» massivida 1ta köp qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 947 mln sömlik quriliş-ta'mirlaş işlarini qöşib yoziş orqali budjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan «Qişloq quriliş invest» MÇJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor şaxslari va jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.


















