16:37 / 04.05.2018
17979

Shavkat Mirziyoyev Hindiston xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Rajaston va Uttar-Pradesh shtatlarida yuz bergan kuchli qum bo‘roni oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan prezident Ram Natx Kovindga va Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishini tiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda kuzatilayotgan qum bo‘roni qurbonlari soni ortayotgani xabar berilgandi. Hindiston shimoliy tumanlarida kuzatilayotgan kuchli qum bo‘roni va yomg‘irlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 127 kishiga yetdi, yuzlab insonlar jarohat oldi. 

Halok bo‘lganlarning aksariyati – 73 kishi – Uttar-Pradesh shtatida istiqomat qiladi. Mashhur Toj Mahal joylashgan Agra okrugining o‘zida tabiiy ofat tufayli 46 kishi halok bo‘ldi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘shni Rajastonda 39 kishi hayot bilan vidolashdi.

Top