16:43 / 15.05.2018
9311

Fox «Maxfiy materiallar» serialini yopmoqda

Foto: TV-3

Fox telekanali «Maxfiy materiallar» fantastik serialini 11ta mavsumdan so‘ng yopmoqda. Bu haqda Entertainment Weekly xabar berdi.

Kanal o‘zining 2018-19 yillarga mo‘ljallangan rejalarini e'lon qildi, hamda u yerda «Maxfiy materiallar» yo‘q.

Fox Television boshqaruvchisi va raisi Geri Nyumanning aniqlik kiritishicha, hozirgi paytda teleshouning o‘n ikkinchi epizodini suratga olish bo‘yicha rejalar yo‘q.

FQB maxsus agentlari Foks Malder va Dana Skalli hamda ularning paranormal hodisalar bilan to‘qnashuvlari haqidagi serialning o‘n birinchi mavsumi telekanalda shu yili efirga uzatildi, biroq yangi «Maxfiy materiallar»ning reytinglari juda past bo‘ldi. Keyinchalik serialda birinchi mavsumdan beri Devid Duxovni bilan birga rol ijro etib kelgan Jillian Anderson loyihada boshqa suratga tushmasligi haqida ma'lum qildi.

Top