15:47 / 28.05.2018
4279

Yosh deputatlar institutini tatbiq qilish taklif etilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasining muhokamasida 16-18 yoshli deputatlar institutini tatbiq qilish taklif etilmoqda. 

Hozirda "parlament modeli"ning muqobil loyihasi mavjud, lekin unda yosh toifasi - 18-27 yosh. 16-18 yoshdagi aqlli o‘smirlar ham bor, ular o‘smirlar muammolari yechimini topishda deputatlarga ko‘mak berishga tayyor. Ular shuningdek qonunlar muhokamalari davomida o‘smirlar qiziqishlarini hisobga olishga ham yordam berishadi, deb yozadi tashabbuskor.

Ta'kidlash joizki, ayni damda O‘zbekistonda "O‘zbekiston Respublikasi parlamenti modeli" loyihasi tatbiq etilgan.

Xususan, 2018 yilning yanvarida mamlakatning barcha mintaqalarida yashovchi 150 nafar o‘smir yigit-qiz o‘zini deputat rolida sinab ko‘rdi. Tadbir davomida ko‘zga ko‘ringan davlat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi va ular qonunchilik hujjatlari hamda ularni qabul qilishga doir tajribalari bilan bo‘lishishdi. Yoshlarga Qonunchilik palatasi reglamenti konsepsiyasi tushuntirildi. 

Yosh "deputatlar" shuningdek Oliy Majlis yig‘ilishida qonun qanday qabul qilinishi haqida tasavvurga ega bo‘lishdi. Har bir moddani tasdiqlash vaqtida parlament debatlari ruhi sezildi - ishtirokchilar o‘z nuqtai nazarlarini bildirishdi, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishdi, ba'zi punktlar qayta qabul qilindi. Bularning bari yoshlarga mamlakatimiz qonunchilik mexanizmini amalda sinab ko‘rish imkonini berdi.

Top