Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kibermakondagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Shaxsning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik ma’lumotlarini maxsus dasturlar yordamida soxtalashtirish holatlari uchun jazo choralari kuchaytiriladi.
Kibermakondagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida Jinoyat Kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun ko‘rib chiqiladi. Jumladan, Jinoyat Kodeksining 165-modda (tovlamachilik) dispozitsiyasi «sharmanda qiladigan uydirmalar» so‘zlari bilan to‘ldirilishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, keyingi paytlarda internetdan foydalangan holda bir qator shaxslarning mobil qurilmalarini hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarini zararli dastur yuborish yo‘li bilan bloklab (to‘sib) qo‘yish, ma’lumotlarini o‘chirib yuborish, o‘zgartirish yoki olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, pul yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari ro‘y bermoqda. Kibermakonda shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik ma’lumotlarini maxsus dasturlar yordamida soxtalashtirish holatlari ham uchrab turibdi. Bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida tegishli moddaga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shu bilan birga, kripto-aktivlarni noqonuniy aylanmasi, xususan noqonuniy mayning faoliyati uchun Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda javobgarlik choralari ham kuchaytiriladi.
Mavzuga oid
08:32 / 20.05.2026
Narkojinoyatlar uchun shartli ozod qilish tartibi cheklanadi
19:00 / 19.05.2026
Kreativ iqtisodiyot uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan qonun ma’qullandi
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
22:23 / 14.05.2026