01:52 / 29.05.2018
19282

Xitoydagi qishloq aholisi ko‘prik yo‘qligi sababli daryo ustidan qaltis yo‘l bilan o‘tmoqda

Foto: Reuters

Xitoy tog‘larida joylashgan Lazimi qishlog‘i aholisi ko‘prik yo‘qligi sababli daryoning narigi qirg‘og‘iga u ustidan tarang tortilgan po‘lat tros – ziplayn orqali o‘tmoqda. Bu yo‘l mahalliy aholi uchun shaharga borishning yagona usuli hisoblanadi.

Qishloqda yashovchi ayol, ikki farzandning onasi Cha Xuilan o‘zining kasal onasi uchun dori sotib olish maqsadida daryo ustidan tez-tez o‘tib turishiga to‘g‘ri keladi. Uning aytishicha, ziplayn nafaqat noqulay, balki xavflidir, chunki u o‘zi bilan ikki yoshli bolasini ham  olib o‘tadi. Ayol qaltis safar vaqtida farzandi daryoga tushib ketmasligi uchun uni mahkam ushlab turadi. 

“Ko‘prik qurib berishganda yaxshi bo‘lardi, biroq hozircha shaharga borishning boshqa yo‘li yo‘q”, deydi ayol.
 

Daryoning narigi qirg‘og‘iga olib boruvchi ko‘prik va yo‘llar yo‘q. Nu (xitoychadan “Jahldor” degani) deb nomlangan bu daryo juda shiddatli bo‘lgani sababli undan qayiqda o‘tishning iloji yo‘q. Mahalliy aholi ziplayndan bepul foydalangan bir paytda, sayyohlar narigi tomonga o‘tish uchun 8 dollar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislarning fikricha, Nu daryosi bo‘yida hanuzgacha ishonchli bo‘lmasa-da ziplayndan foydalanuvchi 20-30 ta qishloq bor. Misol uchun, yomg‘ir vaqtida po‘lat tros orqali o‘tish juda xavfli tus oladi.

Top