15:50 / 30.05.2018
4179

IHTT jahon iqtisodiyotining o‘sish prognozini pasaytirdi

Foto: Depositphotos

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) 2018 yilda jahon iqtisodiyotining o‘sishi bo‘yicha prognozni 3,8 foizga pasaytirdi. Bu haqda IHTT saytida xabar berilgan.

Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, tashkilot AQSh haqiqiy YaIM o‘sishi prognozini o‘zgartirishsiz qoldirgan - 2,9 foiz.

IHTT ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya YaIM real o‘sishi 2018 yilda 1,8 foizga teng bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonda YaIMning real o‘sishi 5,1 foizni tashkil etishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top