00:20 / 18.06.2018
5858

Estoniyaliklar Yevropa ittifoqining bosh muammosi nima ekanligini aytishdi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Fedorenko

Estoniya aholisining deyarli uchdan ikki qismi (62 foizi) Yevropa ittifoqining bosh muammosi immigratsiya deb hisoblashi ma'lum bo‘ldi. Bu YeIdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir, bunday fikrni YeI bo‘yicha o‘rtacha 38 foiz so‘ralganlar qo‘llab-quvvatlagan. Bunday ma'lumotlar YeIning ijtimoiy xizmati Eurobarometer saytidagi maqolada keltirilgan.      

Shuningdek, Chexiya (58 foiz), Vengriya (56 foiz), Malta (55 foiz) va Daniyada (54 foiz) ham YeIning bosh muammosi immigratsiya deb hisoblanishi aniqlandi. Bu borada Portugaliya (16 foiz), Xorvatiya (26 foiz), Ispaniya (27 foiz), Britaniya va Ruminiyada (29 foiz) eng kam tashvish bildirilgan.

Estoniyada shuningdek Yevropa ittifoqi bo‘yicha terrorchilik muammosidan tashvish bildirilgan (35 foiz aholi). Bu borada Litva (49 foiz), Chexiya (47 foiz) va Kipr aholisi (44 foiz) ham katta tashvish bildirgan. Bu muammo Avstriya (20 foiz), Niderlandiya (21 foiz), Italiya (22 foiz), Belgiya, Germaniya va Shvetsiya (24 foiz) aholisini kamroq tashvishlantirar ekan.

Tadqiqot mart oyida o‘tkazilgan. Unda Yevropa ittifoqining har bir davlatida intervyu shaklida mingga yaqin responendent fikri o‘rganilgan.

Top