AQSh prokuraturasi ikki nafar o‘zbekistonlikni fuqarolik olish bilan bog‘liq firibgarlikda aybladi
Ularga ko‘p yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.

Foto: Unsplash
AQSh Florida shtati Markaziy okrugi prokuraturasi asli o‘zbekistonlik, AQSh fuqarosi Abduvosit Raziqov (44 yoshda) va O‘zbekiston fuqarosi Dilrabo Obidovani (35 yoshda) immigratsiya bilan bog‘liq firibgarlik va AQSh hukumatini aldashda aybladi.
Ular, jumladan, federal idoralarga yolg‘on ma’lumot berish, noqonuniy ravishda immigratsiya imtiyozlarini olish, AQSh pasporti olish uchun ariza to‘ldirishda yolg‘on ma’lumotlar berish va AQSh pasportini noqonuniy ravishda olish maqsadida ko‘p yillar davomida jinoiy til biriktirib kelganlikda ayblangan.
Ularning har ikkalasiga fitna uchun 5 yilgacha qamoq jazosi, pasportni qalbakilashtirgani uchun 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Shuningdek, Obidovaga yolg‘on ma’lumot bergani uchun 5 yilgacha, AQSh fuqaroligini noqonuniy olishga uringani uchun 10 yilgacha alohida qamoq jazosi xavf solmoqda.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, asli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Raziqov AQSh fuqarosi bilan soxta nikoh rasmiylashtirish orqali immigrant maqomini, so‘ngra AQSh fuqaroligini olgan. O‘z navbatida Obidova ham immigratsiya imtiyozlarini olish uchun AQSh fuqarosi bilan soxta nikoh rasmiylashtirish maqsadida Raziqov bilan til biriktirgan. So‘ngra, Raziqov va Obidova yashirincha turmush qurib, o‘z munosabatlarini immigratsiya idoralaridan yashirgan. Jumladan, Raziqov va Obidova farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarida Obidovaning soxta erini ota sifatida ko‘rsatishgan. Ular soxta nikohlarini yashirishga urinib, AQSh pasportini olish uchun arizalarda bir qancha yolg‘on ma’lumotlarni kiritishgan.
Qonuniy doimiy rezident maqomini olgandan so‘ng, Obidova AQSh fuqaroligini olishga harakat qilgan. Ayblov xulosasiga ko‘ra, Obidova fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risidagi arizada kelib chiqishi, nikohi va immigratsiya imtiyozlari va maqomini noqonuniy olishga urinishlari haqida ko‘plab yolg‘on ma’lumotlar bergan.
Prokuraturaning eslatishicha, bu shunchaki rasmiy ayblovlar bo‘lib, sudlanuvchi aybi sudda isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi.
Ushbu ish Federal Qidiruv Byurosining Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhi tomonidan bir qancha davlat idoralari bilan hamkorlikda tergov qilingani ta’kidlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

21:06 / 03.06.2025
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi

20:04 / 03.06.2025
AQSh Suriyadagi 7 ta harbiy bazasini yopadi

18:09 / 03.06.2025
Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

16:45 / 03.06.2025