18:13 / 02.07.2018
26218

Moliya vaziri O‘zbekiston oldida turgan jiddiy makroiqtisodiy masala haqida fikr bildirdi​

Foto: Xalqaro press-klub

Byudjyet taqchilligi O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zararni keltirishi mumkin, deb bayonot berdi O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov.

2 iyul kuni Toshkent shahrida yangi soliq Kontseptsiyasi atrofidagi muhokamalarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti oldida hali katta makroiqtisodiy masalalar turibdi.

«Joriy yilning ikkinchi yarmida biz yirik natijalarga umid qilib turibmiz, ammo, oldimizda hali katta makroiqtisodiy masalalar turibdi. Biz katta byudjyet taqchilligiga duch kelishimiz mumkin. Ishoning, bu katta falokat», deya qayd etib o‘tgan vazir.

Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, taqchillik doim yuqori ko‘rsatkichdagi inflyatsiyani yetaklab kelgan. U byudjyet taqchilligi masalasi yuzaga kelsa, kelgusi yilda inflyatsiya darajasi 15 foizgacha ko‘tarilishini eslatib o‘tdi.

«​Tasavvur qilyapsizmi, bu yil inflyatsiya 12-14 foizdan past bo‘lmaydi. Agar 2019 yili katta byudjyet taqchilligi yuzaga kelsa, yana bir yil inflyatsiya ko‘rsatkichi 15 foiz atrofida bo‘lishi mumkin. Bu esa falokat»​, deydi Qo‘chqorov.

Moliya vaziri mamlakat makroiqtisodiy barqarorligida byudjyet taqchilligi masalasi muhim omil ekanini aytib, kelgusi 3 yil davomida hukumat taqchillikka yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishini aytdi.

Mavzuga oid
Top