O‘zbekiston | 09:06 / 16.03.2024
10456
2 daqiqa o‘qiladi

«Tashabbusli budjet»ga ovoz berish qaytadan boshlandi

Foto: Kun.uz

Jarayon 4 aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Ovoz berish usullari: “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi; portalning mobil ilovasi; Telegram’dagi rasmiy bot orqali.

“Tashabbusli budjet”ning 2024 yilgi 1-mavsumida ovoz berish jarayoni, 16 mart soat 00:00 dan qayta boshlandi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, jarayon 4 aprel soat 23:59 gacha davom etadi.

O‘zbekistonda 13 martdan “Tashabbusli budjet”ga ovoz berish jarayoni boshlanishi belgilangandi. Biroq ovoz berish uchun zarur platforma - Open budjet portalida texnik nosozlik kuzatilgan. 

Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.

Ovoz berish usullari:

➖ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
➖portalning (https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32) mobil ilovasi;
➖Telegram’dagi rasmiy bot (https://t.me/ochiqbudjet_6_bot) orqali.

 

Mavzuga oid

E`lonlar