21:55 / 20.07.2018
17565

Merkel: «Yevropa ortiq AQShning qudratiga ishona olmaydi»

Foto: REUTERS

Germaniya kansleri Angela Merkel payshanba kuni Berlinda o‘tkazilgan matbuot konferensiyasida Yevropa – AQSh munosabatlari haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Siyosatchining ta'kidlashicha, u bir yil oldin Yevropa bundan buyog‘iga dunyodagi tartibni saqlab turish vazifasini AQShga topshirib qo‘ya olmasligini aytib, haq fikrni bildirgan edi. Uning fikricha, endi Yevropa o‘ziga taalluqli masalalarni hal qilishni o‘z qo‘liga olishi kerak.

«Biz Qo‘shma Shtatlarning o‘ta yirik qudratiga ishonib qola olmaymiz», - deb aytdi Merkel.

Germaniya kansleri AQShning avtomobillar importiga boj joriy etishi mumkinligini «dunyodagi ko‘plab insonlarning farovonligiga haqiqiy tahdid» deya baholagan.

Keng miqyosdagi matbuot konferensiyasida Merkel Germaniyaning okeanorti mamlakatlari bilan munosabatlari, xususan AQSh bilan aloqalarni takomillashtirish yo‘lidan borishini ma'lum qilgan.

64 yoshli siyosatchi AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni Vashingtonga taklif etganini olqishlashini ma'lum qilib, endilikda AQSh va Rossiya prezidentlarining tez-tez uchrashib turishi yana doimiy holga aylanishi kerakligini ta'kidladi.

Mavzuga oid
Top