Siyosatçi öz murojaatida koronavirus pandemiyasi sababli butun dunyo töqnaş kelgan vaziyat jiddiyligini eslatib ötdi va fuqarolarni inqirozga qarşi kuraşiş uçun birlaşişga çaqirdi.
“Pandemiyaning 4-tölqini avji pallasida biz juda jiddiy vaziyatda qoldik. Afsuski, bizni oldinda bir neça oğir hafta kutmoqda. Biz undan faqat birgalikda öta olamiz”, deb ta'kidlab ötgan siyosatçi. U navbatdagi marta faqatgina emlaş mamlakatni avvalgi hayotga qaytara olişini takrorlab ötgan.
“Bu birinçi yoki qayta emlaş bölişi muhim emas. Har bitta emlaş yordam beradi. Emlaşning imkoni boriça yuqori darajasi mamlakatimizga pandemiyani yengib ötişda kömak beradi”, deb aytgan Merkel va bu “oğir damlarda” mulohazakor bölib, qoidalarga amal qilgan barça germaniyaliklarga minnatdorlik bildirgan.
Siyosatçi özining sönggi murojaatida kansler lavozimini egallagandan beri xalqqa 600 martadan köproq videomurojaat yöllaganini eslab ötgan. Uning ta'kidlaşiça, u birinçi videomurojaatini 2006 yil iyunda Germaniyadagi futbol böyiça jahon çempionati oldidan yöllagan. U keyingi murojaatlarida asosan xavfsizlik, madaniyat, raqamlaştiriş, jinslar tengligi masalalariga töxtalib ötgan.
Merkel 8 dekabrda bundestag yangi kansler sifatida Sotsial-demokratik partiya yetakçisi Olaf Şoltzsni tasdiqlagandan keyin öz lavozimini tark etadi.
2 dekabrda Merkelni kuzatiş marosimi bölib ötdi. Berlinda “temir frau” şarafiga harbiylar tomonidan Der Große Zapfenstreich — “Keçki şafaq” deb nomlangan tantanali tadbir uyuştirildi. Unda 200ga yaqin kişi, jumladan Merkel boşqaruvi vaqtida vazir lavozimini egallagan 52 kişi iştirok etdi.

















