Uşbu marosim Merkelning hukumat tepasidagi 16 yillik faoliyatidan keyin ketişidan oldin muhim tadbir hisoblanadi. Siyosatçi rasman öz lavozimini 8 dekabrda tark etadi. Şu kuni bundestagda yangi kansler nomzodi böyiça ovoz beriş bölib ötadi.
Ta'kidlanişiça, “Keçki şafaq” har bir germaniyalik fuqaro harbiylar tomonidan taqdirlanişi mumkin bölgan eng oliy hurmat belgisi hisoblanadi. Uşbu marosim tarixi XVI asrga borib taqaladi, biroq nemis kanslerlarini bunday kuzatiş an'anasi Germaniya kansleri Gelmut Kol öz lavozimidan kuzatib qöyilgan 1998 yildan beri amal qilib keladi.
Temir frau bilan xayrlaşuv. Angela Merkel Germaniya va Yevropa uçun kim edi?
Merkelni kuzatiş marosimi koronavirusga qarşi çeklovlar sababli çeklangan doirada ötgan. Unda 200ga yaqin kişi, jumladan Merkel boşqaruvi vaqtida vazir lavozimlarini egallagan 52 kişi iştirok etgan.
67 yoşli Merkel öz nutqida barçaga hamkorlik va işonç uçun minnatdorlik bildirdi. U kansler lavozimidagi eng yodda qoluvçi lahzalarni, 2008 yilgi moliyaviy inqiroz, 2015 yilgi migratsiya inqirozi va pandemiyani eslab ötdi.

“Temir frau” bölğusi kansler Olaf Şols va uning hukumatiga omad hamda barça muammolarning yeçimini topa olişini tilagan.
Merkelning nutqidan keyin harbiy orkestr bir neçta, jumladan siyosatçining özi tanlagan 3 ta kompozitsiyani ijro etgan.


Merkelning örnini parlament saylovlarida ğalaba qozongan Sotsial-demokratik partiya a'zosi — 63 yoşli Olaf Şols egallaydi. Şols oxirgi 3 yil davomida Merkel hukumatida vitse-kansler va moliya vaziri lavozimini egallab kelgan. Uning nomzodi 8 dekabrda tasdiqlanişi kutilmoqda. Bu holatda Merkelga kansler lavozimida qoliş böyiça Gelmut Kolning rekordini takrorlaş uçun bor-yöği 2 hafta yetmaydi.

















