09:01 / 24.07.2018
19899

«Ehtiyot bo‘ling». Zarif Trampga javob qaytardi

Foto: REUTERS

Eron tashqi siyosat idorasi rahbari Muhammad Javod Zarif Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning Tehronga qarata aytgan so‘zlari bo‘yicha o‘z izohini berdi. U bu haqda tvitterdagi sahifasida yozgan.

Zarifning so‘zlariga ko‘ra, erondagilar 40 yildan beri turli tahdidlarni eshitib keladi, ularning avvalgilari «ancha madaniyatli» ko‘rinishda edi.

«Taassurot uyg‘otmadi. Jahon bundan ham keskin asossiz tahdidlarni eshitgan», - deya ma'lum qildi Zarif.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron xalqi ming yillardan beri bor va yoshi ba'zi davlatlardan ham katta bo‘lgan imperiyalar qulashiga guvoh bo‘lgan.

«Ehtiyot bo‘ling», - deya xulosa qilgan Zarif.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Eronni ogohlantirgani xabar berilgandi. 

Top