AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Eron Qöşma Ştatlarga tahdid qilişda davom etsa «azob-uqubatga duçor böladi». Bu haqda u tvitterdagi öz sahifasida yozgan.
«Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga: Qöşma Ştatlarga bundan keyin umuman tahdid qilmang, yoki sizlar oqibatlar tufayli azob-uqubatlarga duçor bölasiz. Ularni sizlar öz tarixingizda hali körmagan ham bölib çiqasiz. Biz endi sizlarning şafqatsizlik va ölim haqidagi ahmoqona sözlaringizga çidab ötiradigan davlat emasmiz. Ehtiyot böling!» - deya ta'kidlab ötdi Tramp.
Avvalroq, Ruhoniy Eron bilan harbiy töqnaşuv «barça uruşlarning onasi» bölişi haqida ma'lum qilgandi.
Şuningdek, Qöşma Ştatlar davlat kotibi Mayk Pompeo Eron hukumatini mafiya bilan tenglaştirdi.









