8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

19:32 / 25.07.2018 71295

O‘zbekiston aholisini eng ko‘p qiynab kelayotgan tashkilotlar qaysi?

O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi murojaatlar o‘rganish borasidagi 2018 yilning o‘tgan 6 oylik davomidagi ma'lumotlarini e'lon qildi, deb yozadi O‘zA.

Hisobot davrida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (shahar) jamiyatlariga iste'molchilardan jami 6 713ta murojaat kelib tushgan. 

Mazkur ariza va shikoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida 2 171taga oshganligi kuzatildi. 

Aholi tomonidan mazkur hisobot davrida federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda iste'molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga 1 983ta (jami arizalarning 29,5 %); 

tabiiy gaz ta'minoti sohasiga 1 425ta (jami arizalarning 21,2 %); 

elektr ta'minoti sohasiga 1 038ta (jami arizalarning 15,5 %); 

suv ta'minoti sohasiga 450ta (jami arizalarning 6,7 %); 

kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga 331ta (jami arizalarning 4,9 %); 

aloqa sohasiga 203ta (jami arizalarning 3,0 %); 

transport sohasiga 183ta (jami arizalarning 2,7 %); 

sog‘liqni saqlash sohasiga 151ta (jami arizalarning 2,2 %); 

va boshqa sohalarga 949ta (jami arizalarning 14,1 %) mansubdir. 

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ortidan aholining huquqiy savodxonligi o‘sib, qonuniy haq-huquqlarini anglab murojaat qilish madaniyati shakllanmoqda. 

Top