Humo Air aviakompaniyasi reyslarni bekor qiliş va mijozlarga mablağlarni öz vaqtida qaytarmaslik bilan “Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonun talablarini buzgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi ma’lum qildi.
Qömitaga köra, “Humo Air” MÇJ tomonidan 2024 yilda 284 ta aviareys bekor qilingan va aviaçipta xarid qilgan yölovçilarga pullari öz vaqtida qaytarib berilmagan.
Bu bilan aviakompaniya “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunining 19- va 21-moddalari talablarini buzgan, deyiladi rasmiy axborotda.
Bu qonunning 19-moddasida ijroçilar öz xizmatlarini belgilangan muddatda, hajmda va sifatda körsatişi şartligi, 21-moddasida esa körsatilmagan xizmatlar uçun haq oliş mumkin emasligi belgilangan.
Ma’lum qilinişiça, Humo Air'ga 3 ming nafar iste’molçidan murojaat kelib tuşgan bölib, şulardan 2 ming nafarining murojaati bugungi kungaça qanoatlantirilgan va aviaçipta uçun tölagan 1 mlrd 500 mln söm mablağ iste’molçilarga qaytarilişi ta’minlangan.
“Şuningdek, 6 nafar iste’molçi talabiga köra, aviakompaniya öz hisobidan boşqa aviakompaniyadan 7 mln 498 ming 758 sömga çiptalarni xarid qilib topşirdi. Aviakompaniya tomonidan parvozi amalga oşmagan qolgan yölovçilarga ham pulni qaytariş çoralari körilmoqda”, – deyiladi iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş organi axborotida.
Raqobat qömitasi foydalanilmagan aviaçiptalar uçun iste’molçilarga tölovlar töliq qaytarilişi böyiça nazorat örnatganini ma’lum qilgan.
29 fevral kuni Humo Air loukosteri 10 martdan boşlab mahalliy qatnovlarni töxtatişini e’lon qilgandi. Bunga sabab – avvaliga mahalliy parvozlar uçun taşkil etilgan aviakompaniya xalqaro reyslar bozoriga ötişga qaror qilgan.












