07:18 / 27.07.2018
9865
Yo‘llar sifati bo‘yicha muammolar haqida endi onlayn xabar berish mumkin
Foto: dyi.uz

Yo‘llardagi muammolar haqida endi onlayn xabar berish mumkin - Yo‘l-qurilishi ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi maxsus sayt ochdi va murojaatlarni qabul qilishni boshladi.

«Yo‘l qurilishida sifatsiz beton mahsulotlari ishlatilganini ko‘rdingizmi? Sifatsiz yo‘l qurilayotganining guvohi bo‘ldingizmi? Asfalt yotqizilgan yo‘llar qisqa muddatdi (6-10 oy) buzilib ketganmi? 

Murojaat qiling. Murojaatingiz javobsiz qolmaydi. Bizning vazifamiz xalqimiz uchun uzoq muddat xizmat qiladigan avtomobil yo‘llarining sifatli qurilishini nazorat qilish», - deyiladi saytda.

Ta'kidlanishicha, murojaatni yuborish uchun elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Top