O‘zbekiston | 14:23 / 20.05.2021
15711
3 daqiqa o‘qiladi

«Aeroportda ishlaydigan odamning kamida ikki qarindoshi aeroportda ishlashi shart». Vaynerlar O‘zbekiston rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni sanadi

Bugun vaynchilarni yuz minglab insonlar tomosha qilyapti. Ular hozirgi kunda jamiyatdagi ayrim holatlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eng tashvishga solayotgan muammolar

Ulug‘bek Shodibekov: tanish-bilishchilik. O‘zim bankda ishlaganman, bizda tanish-bilishchilik juda ham kuchli. Aeroportda ishlaydigan odamning kamida ikki nafar qarindoshi aeroportda ishlashi shart, bank boshqaruvchisining nechtadir odami bankda qandaydir xodim bo‘lishi shart. Tanish-bilishchilik juda kuchli. Kinoda ham shunaqa, pul, korrupsiya. Korrupsiya hamma joyda bor, ammo kinoda ayniqsa kuchli. Shuning uchun kino sohasi rivojlanmayapti, deb o‘ylayman. Bergan pulga qarab rol berishadi, pul oz bo‘lsa kichkina rol, katta bo‘lsa kattaroq rol. U kim bo‘lishidan qat'i nazar, aktyormi, boshqami. Farqi yo‘q, rolni o‘xshata oladimi yoki o‘xshata olmaydimi. Uchinchi masala - ajratilayotgan pullarning o‘z joyiga yetib bormayotgani.

Ulug‘bek Shodibekov

Timur Alixonov: eng katta muammo bitta so‘zdan iborat - bo‘laveradi. Rahbarlardan tortib ishchi, bajaruvchigacha: bo‘laveradi. Shu befarqlik O‘zbekistondagi eng katta xatolardan bittasi. O‘tirdingmi, pulni qilib ol - mana shu eng katta xatolardan biri. Chiqdingmi, pulni bos, ertaga tushib ketishing mumkin, payt borida bosib qol - shu bizning rivojlanmayotganimizga eng katta sabablardan biri.

Timur Alixonov

Farhod Mannopov: to‘y-hashamlar ham bunchalik dabdabali o‘tishi shart emas. Ota-ona farzand tug‘ilishi bilan to‘yiga pul yig‘adi, degan gap. Mening fikrimcha, ota-ona qizini yoki o‘g‘lini oilali qilish uchun u darajada qiynalib, qarzga botishi shart emas. Qo‘pol qilib aytganda, odamlar telba bo‘lib qolgan: “shu narsani qilmasam to‘y bo‘lmaydi”. Ikki yosh bir-biri bilan baxtli bo‘ladimi-yo‘qmi, bu bilan hech kimning ishi yo‘q, lekin o‘sha artist kelishi kerak, o‘sha narsalar sotib olinishi kerak. Mashina, odamlarning soni, isrofgarchilik... O‘zimiz qilamiz shu narsani. Odamlarning o‘zi isrofgarchilikka yo‘l qo‘yadi.

Farhod Mannopov
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid