Kun.uz noyabr oyida Xorazm viloyati, Qöşköpir tumani, Örtayop qişloğidagi «Adolat» mahallasi yöllarining abgor ahvoli haqidagi murojaatni örgandi.

Unda «Obod mahalla» dasturi asosida ta'mirlanişi kerak bölgan yöllarda işlar oxiriga yetkazilmay qolgani, xususan, Olmazor, Rayhon, Adolat köçalaridagi yöllarning çuqurçalari kömilgan, tekislangan, şağal toş töşalgan, ammo asfalt yotqizilmasdan qolib ketganidan şikoyat qilingan edi.

Bu haqda «Qöşköpir tumanidagi mahalla yöllari obod bölmadi - çang-tözonga kömilgan odamlar şikoyati» nomli tanqidiy maqola e'lon qilindi.

«Qöşköpir tumani yöllardan foydalaniş» unitar korxonasi (UK) bergan ma'lumotga köra, tanqidiy maqola çiqqanidan söng, unda körsatilgan muammolarni bartaraf qiliş böyiça katta hajmdagi işlar bajarilgan.

«Xorazm viloyati va Qöşköpir tumani hokimligi, şuningdek, viloyat Avtomobil yöllari hududiy boşqarmasi rahbariyati yordamida «Qöşköpir tumani yöllardan foydalaniş» UK tomonidan yöllar ta'mirlandi, tanqidiy maqolada körsatilgan kamçiliklar bartaraf qilindi.

Xususan, 4H1956A Ibragimov j/x mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yöli, ya'ni Adolat köçasidagi 1 km yölga asfalt-beton qoplamasi yotqizildi. Qolgan yöllardagi ta'mirlaş işlari 2020 yil 1 çoragi davomida yakunlanişi rejalaştirilgan», - deyiladi ma'lumotda.