Lotoklar yöllardan baland ekanligiga heç e'tibor berganmisiz? Yöl ustiga yoğgan yomğir yoki qorning erigan suvlari beton ariqlar balandligi bois unga borib tuşmaydi. Natijada asfaltga zarar yetib, çuqurçalar hosil böladi. Uzoq muddat xizmat qilişi kerak bölgan yöl esa ta'mirtalab ahvolga kelib qoladi.

Xöş, nega yöllar lotoklardan pastda. Buning asosiy sabablari nimada va bunday bölmasligi uçun nimalar qiliş kerak? Uşbu savollar bilan Andijon viloyat avtomobil yöllari hududiy boşqarmasi boşliği Tölqinjon Qorayevga yuzlandik.


“Yöldan suv çiqib ketadigan lotogimiz qisman baland turgan bölsa, bu yerda demak ikkinçi qavati bor. Ikkinçi qavati borib lotokka tuşişi kerak. Bu yil birinçi qavati uçun dasturda pul ajratilgan, keyingi yil ikkinçi qavati uçun pul ajratiladi. Endi bir yil davomida suvni qoçirib uşlab turişimiz kerak. Buning uçun saqlov işlarini qiladigan mutaxassislarimiz bor. Ular yölning suvini qoçirib turadi, keyingi yilgi dasturga tepasini bosib qöysak, suv töğri lotokka yoki ariqqa tuşib ketadi”, – deydi mutaxassis.

Asfaltga qöşiladigan moddalar suv bilan çiqişa olmaydi. Suv yöl ustida uzoq muddat qolişi asfaltga jiddiy zarar yetkazadi. Ayniqsa, saqiç suvda yorilib ketiş xususiyatiga ega. Şuning uçun ham sovuq kunlarda yöllar ta'mirlanmaydi.
Qiziq jihati, aksariyat joylarda yöllar asfalt qilinayotganda lotoklarga suv tuşişi hisobga olinmagan. Avval lotok qöyiladi, söng undan pastroq qilib asfalt bosiladi.

Yölni asfalt qilayotganda va beton ariqlarni örnatayotganda mana şu jihatlarga e'tibor qaratib, suvni töğri yönaltiriş orqali asfaltning yaroqlilik muddatini uzoqroq qilişsa, maqsadga muvofiq bölar edi.
Xöş, sizning atrofingizdagi lotoklar balandmi yoki yöl?
Abduvali Qurbonov,
Azizbek Ismoilov.










