19:10 / 07.08.2018
53652

6 avgust kungi test sinovlari natijalari e'lon qilindi

Foto: Kun.uz

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov oliy ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining oltinchi kuni natijalari bo‘yicha ma'lumot berdi.

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 16 ta oliy ta'lim muassasalarining 58 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 57 832 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 602 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 79 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi. Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 394 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 208,2 ball, Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudentsiya» (o‘zbek) ta'lim yo‘nalishi;

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 150,6 ball, Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudentsiya» (qoraqalpoq) ta'lim yo‘nalishi.

O‘rtacha o‘tish bali:
davlat granti – 112,6 ball;
to‘lov-kontrakt – 86,4 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining saytida 2018 yil 7 avgust kuni soat 19.10 da e'lon qilindi.

Mavzu
Test-2018
1 avgustdan 15 avgustga qadar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi imtihonlar avvalgi yillardagidan keskin farq qiluvchi formatda tashkil etilgan, xususan, test savollari 36ta emas, 30tadan, abituriyentlar esa natijalarni imtihonning keyingi kuniyoq bilishlari mumkin
Barchasi
Mavzuga oid
Top