Abituriyentlar Davlat test markazi saytidagi şaxsiy kabinetiga kiriş orqali qança ball töplaganini bilişlari mumkin.

Test natijalarini qanday biliş mumkin?
Abituriyentlar öz natijasini biliş uçun ruxsatnomasining pastki öng burçagida QR kod ostiga maxsus havola (link) oçib, test natijasi körişi mumkin.

QR kodni qanday öqiş mumkin?

1) Hozirgi zamonaviy smartfonlarning deyarli barçasida QR kodni öqiş uçun telefon kamerasining özi kifoya qiladi. Alohida qanaqadir dastur örnatiş şart emas. Şunçaki telefon kamerasini yoqing va abituriyent ruxsatnomasining pastki qismidagi QR kod ustiga kamerani olib boring. Şunda telefon ekranida yozuv paydo böladi va abitur.dtm.uz saytidagi maxsus uzun havola çiqib keladi. Öşa havolani brauzer orqali oçsangiz, natijani köriş mumkin böladi.

2) Agar mabodo telefoningiz kamerasini QR kod ustiga olib borganingizda ekranda heç qanday özgariş bölmasa, unda QR kod öqiydigan maxsus ilova yuklab olişingiz kerak böladi. Masalan, mana dasturni yuklab oliş mumkin.

Talabgorlar öqişga qabul qiliniş uçun tavsiya etilgan yoki etilmaganini barça imtihonlar tugaganidan söng, 1 hafta ötib ma'lum böladi.

Eslatib ötamiz, 2 sentabr kuni Özbekiston böylab 118 500 abituriyent qatnaşişi kutilgan, ammo ulardan 6 312 nafari test sinovlariga kelmagan. 59 kişi çetlaştirilgan bölib, ulardan 5 nafari boşqa kişining örniga kirişga uringan, 4 nafar abituriyent issiği borligi sabab imtihonlarga kiritilmagan. Ulardan barça imtihonlar tugaganidan keyin tört kun ötib imtihon olinadi.

Ma'lumot uçun, bu yil 1,4 mln abituriyent hujjat topşirgan. Bakalavriatning kunduzgi şakliga 103 575 nafar, sirtqi şakliga 31 350 nafar, keçki şakliga 5 025 nafar talaba qabul qilinadi.