00:17 / 09.08.2018
8986
YeChL saralashi. «Spartak» 2:0 hisobini mag‘lubiyatga aylantirdi
Foto: Spartak

Chempionlar Ligasida 3-saralash bosqichining dastlabki o‘yinlari davom etmoqda.

Moskvaning «Spartak» klubi safarda Gretsiyaning PAOK jamoasi bilan bellashdi. Mehmonlar Popov va Promesning gollaridan so‘ng, 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi. Ammo gretsiyaliklar kuchli iroda namoyish qilib, 15 daqiqa ichida «Spartak» darvozasiga uchta to‘p yo‘lladilar. Ikkinchi taymda esa «Spartak» penaltini ham aniq amalga oshirolmadi.

Javob bahsi Moskvada, 14 avgust kuni o‘tkaziladi.

Chempionlar Ligasi, 3-saralash bosqichi 
PAOK (Gretsiya) – Spartak (Rossiya) - 3:2 

8 avgust, Saloniki, «Tumba» stadioni
Gollar: 0:1 – 7 Popov, 0:2 – 17 Promes, 1:2 – 29, penalti Priyovich, 2:2 – 37 Limnios, 3:2 – 44 Pelkas. 
Amalga oshirilmagan penalti: Promes (Spartak, 71)
PAOK – Pasxalakis, Varela, Krespo, Leo Matos, Xacheridi, Maurisio, Kanyas, Pelkas, El-Kadduri (Uarda, 61), Priyovich, Limnios (Leo Jaba, 79).
Spartak – Maksimenko, Bokketti, Jigo, Yeshchenko, Kombarov, Popov (Timofeyev, 64), Fernando, Lomovitskiy, Zobnin, Promes, Luis Adriano (Ze Luish, 77).
Ogohlantirishlar: Jigo (19), Zobnin (39), El-Kadduri (58), Xacheridi (69), Lomovitskiy (72), Maurisio (77), Fernando (83).

Top