10:12 / 21.08.2018
10173

Artel korxonasi barcha o‘zbekistonliklarni Qurbon Hayit bayrami bilan tabriklaydi

Artel korxonasi barcha o‘zbekistonliklarni Qurbon Hayit bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi. Shu ulug‘ ayyom kunida barchangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, yaqinlaringizga esa uzoq umr tilaymiz.

Qurbon Hayit yurtimizda nishonlanadigan eng qutlug‘ bayramlardan biri. Ushbu kunda ko‘nglimizni mehr-saxovatga keng ochib, xafagarchiliklarni unutib, yaqin-birodarlarimizdan  xabar olishimiz, oila, mahalla va jamiyatga e'tibor ko‘rsatishimiz, muhtojlarga beg‘araz yordam berishimiz, hamda ajdodlarimizning xotirasini eslashimiz darkor.Bolalar bilan bog‘larda sayr qilish, ularga shodlik ulashish va turli sovg‘a, o‘yinchoqlar hadya qilish, shirinliklar pishirish hamda qo‘shni-qo‘shnilar bilan baham ko‘rish ushbu bayramning ajralmas qismidir.

Qurbon Hayit ayyomi asrlar davomida bizda eng sof tuyg‘ularni uyg‘otib, jamiyatda yaqinlarimizga bo‘lgan mehr-shafqat, hurmat-ehtirom g‘oyalarini targ‘ib etgan, odamzodni oliyhimmatlik, mo‘minlik yo‘liga undagan.

Ushbu muborak kunda Artel korxonasi barchangizni Qurbon Hayit bayrami bilan qutlaydi. Ishlaringizga omad, xonadoningizga tinchlik-totuvlik, ahillik, shod-u hurramlik va baxt tilaydi. Orzu-havaslaringiz doimo amalga oshishlarini, ishlaringizga esa baraka doimo yor bo‘lishini tilab qoladi. Qurbon Hayit muborak!

Top