Sport | 12:04 / 22.08.2018
24009
2 daqiqa o‘qiladi

Makgregor vs Nurmagomedov. UFC prezidenti yangi tafsilotlarni ma'lum qildi

Foto: The Brawling

Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) irlandiyalik jangchisi Konor Makgregor tashkilotning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qilish uchun ko‘p narsaga tayyor edi.

UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, irlandiyalik rossiyalik bilan hattoki Rossiyada ham jang o‘tkazishga tayyor bo‘lgan.

«Konor va Habib o‘rtasidagi jang vaqt masalasiga taqalib qolgandi. Konor u bilan hattoki Rossiyada ham jang qilishga tayyorligini aytgandi. U hech narsadan qo‘rqmaydi. U istalgan shaxs bilan va istalgan joyda jang o‘tkazishga tayyor. Makgregor ko‘p gapiradi, lekin u o‘z so‘zlari uchun javob beradi.

Mening fikrimcha, bu biz tashkilotchilik qilgan barcha bahslar ichidagi eng katta jangdir. Bu biznesda siz och qolishingiz va jang qilishga, qaytib kelishga tayyor bo‘lishingiz kerak. Ishqibozlar hamma bilan jang qilishga tayyor bo‘lganlarni yaxshi ko‘radilar, eng yaxshilar bilan kuch sinashishga shay bo‘lganlarni. Konor Makgregor UFC’ga kelgan kunidan boshlab shunday edi», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi «Bi-bi-si».

Makgregor - Nurmagomedov jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC ikki karra chempionga Nurmagomedov yoki Makgregor bilan jang bo‘yicha rad javobi bergandi

Mavzuga oid