Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) ikki karra çempioni Jorj Sen-Per Habib Nurmagomedov - Konor Makgregor jangi ğolibi bilan kuç sinaşmaydi. 

Taşkilot rahbari Dana Uaytning sözlariga köra, kanadalik faqat öz şaxsiy manfaatini közlamoqda, şuning uçun unga rad javobi berildi.

«Menga bu jang qiziq emas. U biladi, unga köp marotaba aytganman. Sen-Per öziga köp pul olib keladigan jang qidirmoqda. Bu yomon emas, u aynan şu bilan şuğullanişi kerak. Biroq, biz uçun bu qiziq emas. Yarim örta vaznga qaytiş - umuman boşqa masala. Ammo, u jang qila oladimi yoki yöqmi, buni bilmayman», - deya Uaytning sözlarini keltiradi MMA Mania.

37-yoşli Sen-Per özining sönggi jangini Maykl Bispingga qarşi ötkazgan bölib, ğalaba qozongan. 2018 yil iyun oyida u öz faoliyatini tugatayotgani haqida e'lon qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq UFC sobiq çempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirgandi.