«Roma» yarimhimoyachisi Kevin Strootman Fransiyaning «Marsel» klubiga o‘tdi.
Provansalliklar 28 yoshli futbolchining transferi uchun 25 million yevro to‘ladilar va u bilan 4 yillik shartnoma imzoladilar.
Strootman «Roma»ga 2013 yilda o‘tgan edi. U jamoa tarkibida jami 130ta o‘yin o‘tkazib, 13ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Roma»ni darvozabon Alisson, yarimhimoyachi Raja Nainggolan va hujumchi Xuan Iturbe ham tark etgandi.