07:41 / 28.08.2018
11150

“Jizzax agrokimyohimoya” mansabdor shaxsi juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilgani aniqlandi

Illyustrativ foto/ Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, 2018 yilning 14 avgust kuni Jizzax viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Ma'lum bo‘lishicha, shu yilning 3 aprelidan 30 iyuniga qadar “Jizzax agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati Arnasoy tuman filiali mudir o‘rinbosari lavozimida ishlagan I.V. o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan jami 145 mln 332 ming 350 so‘mlik 445,3 litr superfar hamda 9,6 litr bestseller 20 foizli zaharli kimyoviy dori vositalarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilib, ushbu kamomadni yashirish maqsadida Arnasoy tumani hududidagi 47 ta fermerlik xo‘jaliklari rahbarlari nomidan soxtalashtirilgan ishonchnoma va yuk xatlarini rasmiylashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish: juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top