Jizzaxda farzandiga nisbatan zöravonlik işlatgan otaga jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Ombudsmanga Jizzax viloyatida yaşovçi B.O. nabirasiga otasi tomonidan bosim va zöravonlik qilinayotgani böyiça murojaat qilgan. Murojaatçi qizi K.S. 2022 yildan buyon Koreyada işlayotgani, uning 8 yoşli öğli esa erining qaramoğida qolganini yozgan. Murojaatga ilova qilingan videoyozuvda er-xotin videoqönğiroq orqali janjallaşganida, ota öğlining böğziga piçoq tiragani aks etgan.

Murojaat darhol Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, holat uning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boşqarmasi bilan hamkorlikda joyiga çiqib örganilgan. Aniqlanişiça, hozirda fuqaro K.S.ning voyaga yetmagan öğli buvisi bilan yaşamoqda. Bola bilan suhbat ötkazilganda, ota-onasi örtasidagi salbiy munosabatdan norozi ekanligini, otasi bilan yaşaşni xohlamasligi hamda buvisi bilan qolişni istaşini bildirgan. Şundan söng fuqaro K.S.ning voyaga yetmagan öğliga buvisi vaqtinçalik vasiy etib tayinlandi.

Voyaga yetmagan farzandiga qilgan harakati uçun otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.