Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf öquvçilari stul kötarib turganliklari aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni öz kuzatuviga oldi.
Aniqlanişiça, şu yilning 22 aprel kuni Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabda 1-«A» sinfga ötilayotgan ingliz tili darsida öqituvçi R.T. (1999 yilda tuğilgan) öquvçilardan uyga berilgan vazifalarni söragan.
6 nafar öğil va 7 nafar qiz bolalarini darsga tayyorgarlik körmasdan kelganliklari tufayli göyoki tarbiyaviy çora deb sinf xonasidagi özlari ötirgan stullarni kötarişga majbur qilgan. Uşbu holatni özining telefon apparatida video tasvirga olib, “Telegram” ijtimoiy tarmoği orqali şu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalarga nisbatan turli şakldagi zöravonlik yoki zöravonlikka tayangan tarbiya çoralarini, jumladan, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş qonunan taqiqlangan va tegişli javobgarlikka asos böladi.
Bolalar ombudsmani bu holat böyiça bolalar manfaatlari yuzasidan öz kuzatuvini davom ettiradi, deyiladi xabarda.












