11:52 / 04.09.2018
43760
GM Uzbekistan «Sergeli» avtobozoridagi bir ish kunida 3,85 mlrd so‘mlik avtomobillarga shartnomalar tuzdi

GM Uzbekistan Toshkent shahridagi «Sergeli» avtomobil bozori hududida «Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari» yangi aksiyasini yo‘lga qo‘ydi. Ilk kunda jami 3 mlrd 850 mln so‘mlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.

Foto: GM Uzbekistan

Salon Toshkentdagi «Sergeli» avtomobil bozori hududida o‘tgan dam olish kunlari tashkil etildi, bu yerda savdoga eng talabgir «Spark», «Kobalt» va «Lasetti» rusumli avtomobillar qo‘yildi. 

Foto: GM Uzbekistan

«Dam olish kunlari bo‘lishiga qaramay, «Ochiq osmon ostidagi avtosalon» ilk mijozlarni qabul qildi, kun davomida ularning soni ortib bordi. Avtosalon xodimlari xaridorlarga yuqori darajada servis xizmati ko‘rsatib, maksimal darajada qulaylik taqdim etishga harakat qilishdi. Xaridorlarning qiziqtirgan barcha savollariga javoblar berildi, shartnoma tuzish jarayonlari tezkor va bayramona kayfiyatda amalga oshirildi», - deyiladi kompaniya xabarida.

Foto: GM Uzbekistan
Foto: GM Uzbekistan
Foto: GM Uzbekistan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zavtosanoat» «sun'iy» navbatlar va «defitsit»ni vujudga keltirish holatlari kuzatilgani haqida ma'lum qilgandi.

Top