«Özavtosanoat» AJ ma'lum qilişiça, 2018 yilning 24 avgustidan 28 avgustga qadar «GM Uzbekistan» AJ tomonidan 12 437ta şartnoma rasmiylaştirildi va undan taşqari xaridorlar tomonidan 1333tasi rad etildi (şundan, 385tasi «Damas», 430tasi «Neksiya» va 100tasi «Malibu» avtomobillari).
 
Şu bilan birga, köngilsiz holatlar, ya'ni avtomobilga bölgan «sun'iy» navbatlarni va ular böyiça «defitsit»ni vujudga keltiriş holatlari xam kuzatildi. Bu omillar böyiça kelgusida ularni kelib çiqişini bartaraf etiş maqsadida tekşiruv ötkazilmoqda.
 
Xaridorlar manfaatini közlab navbatda turişning şaffofligini ta'minlaş uçun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza beriş va şartnomani rasmiylaştiriş tizimi qayta körib çiqilmoqda. Qayd etilişiça, yaqin kunlarda şu masalaga taalluqli ma'lumotlar taqdim etiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan Nexia va Malibu işlab çiqariş hajmini deyarli 10 barobarga oşirayotgani xabar berilgandi.