14:37 / 05.09.2018
5764

O‘zbekistonda elektron kompyuter sporti rasmiy sport turlari ro‘yxatiga kiritildi

Foto: dw.com

O‘zbekistonda elektron kompyuter sporti mamlakatdagi rasmiy sport turlari ro‘yxatiga kiritildi. 

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina o‘z yakuniga yetgan 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari doirasida eSports sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Musobaqa tashkilotchisi hisoblangan AESF (Asian Electronic Sports Federation) tarkibida 45 ta Osiyo mamlakatlari federatsiyalari orasida O‘zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi ham bor.

2022 yilgi Osiyo o‘yinlarida elektron kompyuter sport musobaqalari asosiy bellashuvlar qatoriga kiritilishi va rasmiy maqomda tashkil etilishi kutilmoqda.

Xalqaro kibersport federatsiyasi 48 mamlakatning milliy federatsiyasini birlashtirgan bo‘lib, kibersport bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazib keladi.

Mavzuga oid
Top