“Kibersport turlarini yanada rivojlantiriş va keng ommalaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Kibersport turlari böyiça respublika va xalqaro çempionatlar va turnirlar taşkil etiş, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib iştirok etiş kibersport turlarini rivojlantiriş asosiy yönalişlaridan biri etib belgilandi.

2023 yildan an’anaviy tarzda kibersport turlari böyiça: har yili aprel oyida Uzbekistan Espors Championship respublika çempionati; har yili dekabr oyida “Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri; har yili iyun oyida “Yoşlar kubogi” turniri ötkaziladi. 

Kibersport turlarini yanada rivojlantiriş va keng ommalaştiriş böyiça idoralararo kengaş taşkil qilindi. Kibersportda ping muammosini bosqiçma-bosqiç bartaraf qilişni nazarda tutuvçi kibersport turlarini yanada rivojlantiriş va keng ommalaştiriş çora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 öquv yilidan “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yönalişi oçiladi hamda uşbu yönaliş böyiça öqiş muddati 3 yil etib belgilanadi.

Uzbekistan Espors Championship respublika çempionatida oxirgi bir yilda ğolib (1-örin) bölgan kibersportçilar 2023/2024 öquv yilidan mazkur bakalavriat ta’lim yönalişiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topşirişdan ozod qilinib, ularga maksimal ball beriladi.