Toşkentda professional kibersport arenasi – Full Level Espors Center’ning oçiliş marosimi bölib ötdi.

Oçiliş marosimida bir qator taniqli tadbirkorlar, xususan Hasan va Husan Mamasaidov, sport mutasaddilari, taniqli kibersportçi va boşqa mehmonlar iştirok etişdi.

Şuningdek, Xalqaro kibersport federatsiyasi (IeSF) tomonidan taşkil etiladigan Jahon çempionati uçun kibersportçilar orasida milliy saralaş bahslarining grand-finali bölib ötdi.

Yakunda eng kuçlilar Team Uzbekistan bilan grand final uçraşuvida qatnaşişdi. Reglamentga muvofiq, ğolib jamoa Özbekiston milliy terma jamoasi (Team Uzbekistan) sifatida Jahon çempionatining mintaqaviy saralaşida qatnaşadi.

Endilikda uşbu binoda professional kibersport arenasi, kibersport studiyalari, kibersport maktablari hamda federatsiya ştab-kvartirasi joylaşadi. Köplab rasmiy turnirlar va markaziy öyinlar aynan şu manzilda ötkaziladi va maxsus studiya orqali jonli efirda televideniyega uzatiladi.

Şuningdek, kibersport böyiça Özbekiston milliy terma jamoasining bazasi ham uşbu arenada joylaşib, tayyorgarliklar şu yerning özida olib boriladi.