14:13 / 08.09.2018
9865

Shahrisabzda “Maqom muzeyi” ochildi

“Xalqaro maqom san'ati anjumani” doirasida 7 sentabr kuni Shahrisabz shahridagi qayta ta'mirlangan Madaniyat saroyida “Maqom muzeyi”ning ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda. 

O‘zbek maqom san'ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratish hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish, uning natijalarini e'lon qilib borish Oqsaroy maydonida joylashgan mazkur muzey faoliyatining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Unda maqom san'atiga oid Toshkent-Farg‘ona, Buxoro-Samarqand “Shashmaqom”, Xorazm hududlaridagi o‘ziga xos maktablarning tarixiy musiqa asboblari, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hududlaridagi etnografik eksponatlar namoyish etildi. 

 

Mavzuga oid
Top