21:42 / 10.09.2018
9076

O‘zbekistonda achchiq qalampir yetishtirish istiqbollari mavzuida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi 62-sonli qarori bilan joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda birinchi marta 15 ming gektar maydonda eksportbop achchiq qalampir yetishtirilmoqda.

Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 10 sentabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekistonda achchiq qalampir yetishtirish: muammolari va yechimi” mavzuida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Mazkur seminarga achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan Indoneziya va Janubiy Koreya davlatidan bir guruh olim va malakali mutaxassislar, shuningdek, butunjahon sabzavotchilik markazining Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz hududi bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi vakillari, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashrif buyurdi. Ilmiy-amaliy seminarning ochilish marosimida Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonov va Qishloq xo‘jaligi vaziri S.S.Xodjayevlar so‘zga chiqib, seminar Janubiy Koreya va Indoneziya davlatlarida yetishtiriladigan achchiq qalampir navlarini O‘zbekiston sharoitida yetishtirish va yetishtirilgan hosilni chet el davlatlariga eksport qilish borasida shu kabi ilmiy-amaliy seminarlar achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha chet el davlatlarining ilg‘or mutaxassislaridan achchiq qalampir yetishtirish texnologiyasini to‘g‘ri amalga oshirishda va tajriba almashinuvida katta ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o‘tishdi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Seminar davomida Indoneziya davlatidan tashrif buyurgan mutaxassislar so‘zga chiqib O‘zbekistonda yetishtirilayotgan achchiq qalampir navlarini yetishtirish texnologiyalarida yo‘lga qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda ularni kelgusi yillarda bartaraf etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan bo‘lsa, jahonda achchiq qalampir ishlab chiqarishning bugungi holati va O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollari haqida Butun jahon sabzavotchilik markazining Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi boshlig‘i  R.F. Mavlyanova o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda tavsiyalar berib o‘tdi.

Seminar yakunida Indoneziya va O‘zbekiston mutaxassislarini keyingi hamkorligi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Top